“Ularning hayoti jahannam” — BMT Bosh kotibi falastinlik bolalarning hayotini shunday taʼrifladi

22:55 20 May 2021 Dunyo
790 0

Foto: Reuters

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish Gʻazo sektoridagi ziddiyat tufayli falastinlik bolalar hayotini jahannamga qiyosladi. Bu haqda u BMT Bosh assambleyasining maxsus yigʻilishida aytib oʻtdi.

Bosh kotib tinch aholining yana koʻp qurbon boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik uchun tomonlarni mintaqada oʻt ochishni toʻxtatishga chaqirdi.

“Tinchlik jarayoniga qaytish — bu barqaror va adolatli yechimning yagona yoʻli”, deydi u.

Gutterishning taʼkidlashicha, Isroil Gʻazo sektoriga gumanitar yordamni yetkazib berishni taʼminlashi kerak.

Siyosatchi, shuningdek, Quddus va boshqa hududlarning maqomi masalasini hal qilish uchun muzokaralarga qaytish kerakligini yana bir qayd etdi.

Shuningdek, u Rossiya, AQSH va Yevropa Ittifoqini oʻz ichiga olgan “Yaqin Sharq toʻrtligi” formatida Falastin-Isroil inqirozini tartibga solish boʻyicha birgalikdagi ishlarning muhimligini taʼkidladi.

Falastin va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatning kuchayishi Sharqiy Quddusdagi toʻqnashuvlardan boshlandi.

10-may kuni Gʻazo sektorida joylashgan Falastinning “XAMAS” va “Islom jihodi” guruhlari Isroilni oʻqqa tutishni boshladi.

Bunga javoban Isroil armiyasi 5000 nafar zaxiradagi askarni chaqirgan va Gʻazo sektoridagi nishonlarga havo hujumlarini uyushtirmoqda. Toʻqnashuvlar hali ham davom etmoqda. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Falastin-Isroil mojarosi avj ola boshlaganidan beri 10 nafar isroillik va Gʻazo sektorining 220 nafar aholisi halok boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?