Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish muddati maʼlum boʻldi

16:40 23 May 2023 Dunyo
629 0

Foto: AP

Ukraina F-16 qiruvchi samolyotlarini eng yaxshi holatda bir necha oy ichida oladi. Bu haqda AQSH Harbiy havo kuchlari rahbari Frenk Kendall maʼlum qildi.

“Biz F-16 yoki boshqa Gʻarb qiruvchilarini bir necha oydan ertaroq Ukraina harbiy-havo kuchlariga katta miqdorda topshirmaymiz”, deydi Frenk Kendall.

U Vashington nima uchun Kiyevga samolyotlar yetkazib berish borasidagi munosabatini oʻzgartirgani ham izoh berdi.

“Ukraina oʻz talablarini qondirish uchun toʻliq harbiy imkoniyatlarga muhtoj boʻladi, shuning uchun uzoq muddatni oʻylash vaqti keldi”, deb tushuntirdi AQSH Harbiy havo kuchlari rahbari.

Shu bilan birga, Frenk Kendall Ukrainadagi jangovar harakatlar jarayoniga taʼsir oʻtkaza olmasligiga ishora qildi. Uning fikricha, samolyotlarning berilishi tenglikni tubdan oʻzgartirmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер