Ukraina prezidenti Oʻzbekistondagi elchisini vazifasidan ozod qildi

Foto: fb.com/ysavko
Ukraina prezidenti Petr Poroshenko mamlakatining Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Yuriy Savchenkoni oʻz vazifasidan ozod etish boʻyicha farmon chiqardi.
Eslatib oʻtamiz, ukrainalik 65 yoshli diplomat ushbu lavozimda 2010 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan edi. U mazkur ishga Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich tomonidan tayinlangandi.
Oʻzbekiston va Ukraina oʻrtasidagi tovar aylanmasi oʻtgan yilning 8 oyi davomida 2017 yilning shu davridagiga nisbatan 54 foiz oʻsib, 268 million AQSH dollarini tashkil etgan. Shunga qaramay ikki mamlakat oʻrtasida ayrim savdo nizolari ham roʻy berdi.
Ukraina Oʻzbekistondan import qilinadigan yangi yengil avtomobillarga nisbatan subsidiya bilan bogʻliq tekshiruvlarni ochgan edi. Oqibatda ukrain shakari, farmatsevtika va boshqa mahsulotlari Oʻzbekiston bojxonasida qator muammolarga duch keldi. Keyinchalik davlatlar ushbu bahsli vaziyatni tartibga solishga erishishdi.
Bugungi kunda Ukraina hududida Oʻzbekistonning 40 mingdan ziyod fuqarosi yashaydi. Ulardan 880 nafari elchixonada doimiy roʻyxatdan oʻtgan. Bundan tashqari, Ukraina oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekistondan 2800 nafar oʻgʻil-qiz tahsil olmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring