Ukraina osmonining yopilishi nafaqat Yevropa, balki butun dunyo uchun katta va halokatli oqibatlarga olib keladi — Putin

Foto: CNN
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina rasmiylari Yevropa Ittifoqi va NATOdan talab qilayotgan Rossiya Aerokosmik kuchlari uchun Ukraina osmonining yopilishi butun dunyo uchun halokatli oqibatlarga olib kelishini aytdi. Uning soʻzlaridan “RIA Novosti” iqtibos keltirmoqda.
«Osmon (Ukraina)ni yopish haqidagi ushbu talabning amalga oshirilishi nafaqat Yevropa, balki butun dunyo uchun katta va halokatli oqibatlarga olib keladi. Oʻylaymanki, narigi tomonda nimadir «pishirayotganlar» buni tushunishadi», deydi Rossiya rahbari.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Ukraina Oliy Radasi Yevropa Ittifoqi va NATOga Ukraina havo hududini yopish, Rossiyani BMT Xavfsizlik kengashi tarkibidan chiqarish va Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish chaqirigʻi bilan murojaat qilgan edi.
24-fevraldan beri Ukrainada Rossiya Qurolli kuchlarining «maxsus harbiy operatsiyasi» davom etmoqda. Putinning soʻzlariga koʻra, jangovar harakatlardan maqsad Ukrainani «demilitarizatsiya» va uning hokimiyatini «denatsifikatsiya qilish»dir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring