Uygʻursoy shaharchasida IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli harbiy qism kompleksi foydalanishga topshirildi

16:37 24 Noyabr 2020 Jamiyat
180 0

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Sh. Aburazzoqov qatnashdi va harbiy xizmatchilar uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdi, qism mutasaddilari bilan muloqotda boʻldi, deya xabar tarqatdi Namangan viloyat hokimligi axborot xizmati. Yangi kompleksda maʼmuriy bino, harbiy xizmatchilar uchun 200 oʻrinli yotoqxona, tibbiyot punkti, sport zali, kutubxona, fuqarolarni qabul qilish va uchrashuv xonalari, jangovar tayyorgarlik fanlaridan mashgʻulotlar oʻtish binosi va boshqa inshootlar barpo etilgan.

—Prezidentimiz dastlabki kunlardan ikki soha — xavfsizlikni taʼminlash va sogʻliqni saqlash tizimlariga alohida eʼtibor qaratib, ularning toʻlaqonli faoliyati uchun barcha sharoitlarni yaratib berish yuzasidan tegishli koʻrsatmalar berganlar. Bugun foydalanishga topshirilayotgan harbiy qismni ham mana shu eʼtibor mevasi deyish mumkin, — deya taʼkidladi Shavkatjon Abdurazzaqov.

Marosimda Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari Bahodir Mirzarahimov ishtirok etdi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?