Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish, qurilish va transport sohasida 80 mlrd 40 mln soʻmdan ortiq mablagʻlar isteʼmolchilar foydasiga hal etildi

20:33 23 Sentyabr 2022 Jamiyat
340 0

Foto: Халқ сўзи

Bu haqda AOKAda Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi direktori va mutasaddilari ishtirokida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

Agentlik tomonidan 2020-2021-yillar va 2022-yilning oʻtgan davri mobaynida isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va reklama bozorini tartibga solish sohasida qator ishlar amalga oshirildi.

Isteʼmolchilar oʻz huquqlari buzilishi yuzasidan Agentlikka jami 63 663 ta shikoyat bilan murojaat qilgan. Kelib tushgan murojaatlarning 48,3 foizi uy-joy kommunal, transport xizmatlari; 26,4 foizi savdo va umumiy ovqatlanish; 14,7 foizi aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar; 10,6 foizi reklama munosabatlari va boshqa masalalarga toʻgʻri keladi.

Oʻtgan davr davomida murojaatlar hamda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra isteʼmolchilarga yetkazilgan 192,8 mlrd. soʻm miqdoridagi zarar qayta hisob-kitob qilindi.

Agentlik tomonidan chakana savdo va xizmat koʻrsatish shoxobchalarida tovarlar va xizmatlarning nazorat xaridi amalga oshirilib, ularda 369 nomdagi (un, qolipli non, shakar, idishdagi ichimlik suvi, quyultirilgan sut, kolbasa mahsuloti, sariyogʻ, goʻshtli konserva, pishloq, yogʻ-moy mahsulotlari, sement, koʻmir, armatura, paxta yogʻi, tomatli ketchup, led lampalar, elektro kabellar va boshq.) mahsulotlar boʻyicha oʻtkazilgan ekspertiza natijasida 85 nomdagi mahsulot normativ-texnik hujjatlar talablariga nomuvofiqligi aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?