UFC prezidenti Habib Nurmagomedov borasida muhim qarorga kelinganini maʼlum qildi

23:39 12 Fevral 2021 Sport
3321 0

Foto: Reuters

UFC prezidenti Dana Uayt yaqin kelajakda rossiyalik Habib Nurmagomedovni yengil vazn toifasida chempionlik kamaridan mahrum qilmasligini aytdi. Bu haqda «MMA Fighting» xabar bermoqda.

«Habib Konor va Porye ustidan gʻalaba qozondi. U haqiqiy chempion. Hozircha uning unvonini bekor qilmaymiz. Habib tez orada Las-Vegasga uchib ketadi. Biz u yerda Nurmagomedov suhbatlashamiz va keyin nima qilishimiz kerakligini hal qilamiz», deydi Uayt.

Nurmagomedov hafta boshida UFC chempionlik kamaridan voz kechishga tayyorligini aytgan edi. 

“Men faoliyatimni tugatganman, yigitlar chempionlik uchun kurashsin”, degan edi u «Match TV» telekanali dasturida.

Oʻtgan yilning 24-oktyabr kuni Habib Nurmagomedov Abu-Dabida boʻlib oʻtgan UFC 254 musobaqasida AQSHlik Jastin Geydji qarshi bahsda oʻzining chempionlik kamarini uchinchi marotaba muvaffaqiyatli himoya qildi. Ana shu jang yakunida sportchi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan edi.

Shuningdek, Nurmagomedov UFCdan vazn toifasidan qatʼiy nazar uni reytingda birinchi oʻringa qoʻyishni iltimos qilgan edi. Tashkilot rahbariyati avval AQSHlik Jon Jonsdan keyin reytingda ikkinchi pogʻonada turgan rossiyalik kurashchining bu iltimosini bajardi.

Oldinroq Habib Nurmagomedov oʻz faoliyatini futbolda davom ettirishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?