Uchta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga tushdi
Uchta viloyatda noqonuniy valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan shaxslar qoʻlga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.
Qayd etilishicha, Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.R. va boshqalar fuqaro M.G.ga 5 000 AQSH dollarini 64,3 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.
Shu kabi, Departamentning Pop tuman boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro X.M. fuqaro I.Yu.dan 3 900 AQSH dollarini 49,6 million soʻmga sotib olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Fargʻona viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro N.U. fuqaro A.Gʻ.ga 4 500 AQSH dollarini 57,4 million soʻmga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring