Uchquduqda 87,3 mln soʻmlik temir quvurlarni oʻmarmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi

14:27 14 Avgust 2021 Jamiyat
470 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchquduq tuman boʻlimi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro O.ning boshqaruvidagi «MAN” rusumli yuk mashinasida “U.D.” MCHJ rahbari M.A. va boshqalar tuman obodonlashtirish boshqarmasi balansida boʻlgan «Shalxar» OFY hududidagi ichimlik suvi tarmogʻidan kesib olingan umumiy qiymati 87,3 mln soʻmlik temir quvurlarni hech qanday hujjatlarsiz olib ketayotganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) va 28, 25, 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?