Uchkoʻprik tumaniga yangi hokim tayinlandi

Foto: Халқ сўзи
Xalq deputatlari Uchkoʻprik tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala koʻrib chiqildi. Unda ishtirok etgan Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov sobiq tuman hokimi Akmaljon Mahmudaliyev davrida Uchkoʻprikda sanoat va ishlab chiqarishda, ijtimoiy-iqtisodiy yoʻnalishlarda, umuman, barcha sohada salmoqli yutuqlarga erishilganini taʼkidladi. Yaqinda Navoiy viloyati hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ish boshlagan Akmaljon Mahmudaliyevning kelgusi ishlarida omad tiladi.
Shundan soʻng viloyat hokimi tomonidan taqdim etilgan Abrorjon Asqarov Qambarovich nomzodi xalq deputatlari Uchkoʻprik tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qoʻllab-quvvatlandi.
Abrorjon Asqarov 1984-yilda Buvayda tumanida tugʻilgan. Mehnat faoliyati davomida Buvayda tumanidagi “Nurafshon” kredit uyushmasida, «Mikrokreditbank» ochiq aksiyadorlik-tijorat banki Fargʻona viloyati filialida turli lavozimlarda ishlagan.
Tayinlovga qadar Uchkoʻprik tumani hokimining birinchi oʻrinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat olib borgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring