Uchastka saylov komissiyalari tarkibi tasdiqlandi.

18:58 10 Sentyabr 2021 Siyosat
108 0

Respublika Markaziy saylov komissiyasining 2021-yil 14-apreldagi qaroriga koʻra joriy yilning 12-sentyabriga qadar uchastka saylov komissiyalari shakllantirilib, 17-sentyabrgacha ular Saylovchilarning yagona elektron roʻyxati orqali dastlabki roʻyxatga ega boʻlishlari lozim. Bir soʻz bilan aytganda saylovda barcha tadbirlarning belgilangan kalendar rejasiga qatʼiy amal qilish va uni sifatli olib borilishini taʼminlash zarur.

Shularga koʻra 5- Navoiy okrug saylov komissiyasining navbatdagi yigʻilishida viloyatda tashkil etilgan 411ta saylov uchastkalari tarkibini tasdiqlash masalasi koʻrib chiqildi. Saylov Kodeksiga koʻra uchastka saylov komissiyalari tarkibi viloyatdagi tuman va shahar Kengashlari tomonidan shakllantirilib, nomzodlar tasdiqlash uchun okrug saylov komissiyasiga taqdim etiladi.

Yigʻilishda shu asosda viloyatda tuzilgan 411ta uchastka saylov komissiyasining 4463 aʼzodan iborat tarkibi tasdiqlandi hamda tahlil etildi.

Tahlillar komissiya aʼzolarining 50,7 foizini ayollar tashkil etishi va viloyatda istiqomat qilayotgan barcha millat vakillari qamrab olinganini koʻrsatadi. Shuningdek, komissiya aʼzolari tarkibini shakllantirishda mahalla fuqarolar yigʻini hamda nodavlat-notijorat idoralar xodimlari keng jalb etilgan.

Yigʻilishda saylovni koʻtarinki ruhda va uyushqoqlik bilan oʻtkazishning tashkiliy jihatlari, saylov uchastkalarida obodonlashtirish ishlari va har bir saylovchini roʻyxatga olish hamda uning ishtirokini taʼminlash masalalari muhokama etildi.

Yigʻilishda koʻrilgan masalalar yuzasidan okrug saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.

Temur ESHBOYEV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?