Uch qavatli koʻprik qurilishi munosabati bilan poytaxt yoʻllaridan biri vaqtincha yopildi

11:03 07 Mart 2020 Jamiyat
747 0

Kundan kunga poytaxt yoʻllarida ortib borayotgan transport harakati tirbandliklari bu borada keskin choralar koʻrishni taqozo qilmoqda. Ayniqsa, bunday vaziyatlar yuzaga kelayotgan chorrahalar va koʻchalarda harakatni qisqartirish yoki yoʻnalishni oʻzgartirish boʻyicha olib borilayotgan saʼy-harakatlar oʻz samarasini bermoqda.

Shundan kelib chiqib, Ohangaron shoh koʻchasining Bektemir tumanidagi qismida yuzaga kelayotgan transport tirbandliklarining oldini olish maqsadida, 2020-yil 5-martdan H.Boyqaro koʻchasidan Ohangaron shoh koʻchasiga chiqish (chapga burilish) qismi vaqtinchalik yopildi, deb xabar berdi “Toshshahartransxizmat” AJ.

Shu munosabat bilan harakat va yoʻlovchilar tashish xavfsizligini taʼminlash maqsadida, avtokorxonalarga biriktirilgan 54 va 110-sonli avtobus yoʻnalishlarining toʻgʻri yoʻnalishdagi (markaz tomon) harakati H.Boyqaro koʻchasidan Ohangaron shoh koʻchasiga (oʻngga) harakatlangan holda, “Sharq” YPX maskanidan keyingi koʻprik yoʻlidan ortga qayrilib, yana Ohangaron shoh koʻchasi orqali oʻz yoʻnalishini davom ettiradigan boʻldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?