Uch hududda qiymati 650 million soʻmdan ortiq energiya resurslari talon-taroj qilindi
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Dangʻara, Peshku, Oltinsoy tumanlari boʻlimi tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida “E.Sh.” va “X.Q.” xususiy korxonalari masʼul shaxslari umumiy ovqatlanish shoxobchalarida tijorat maqsadida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 380,1 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat departamentning Peshku tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlandi.
Unga koʻra, fuqaro O.R. “Ibn Sino” MFY hududidagi xonadonida tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib 155,2 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlangan.
Shuningdek, departamentning Oltinsoy tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.Sh.” fermer xoʻjaligi ijarachisi M.H. suv nasosini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan toʻgʻri ulab, 118,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Inson Faxri” milliy mukofoti sohiblari taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring