Uch avlodni birlashtirgan do‘stlik festivali  

11:06 14 Oktyabr 2021 Jamiyat
126 0

Termiz shahrida turli millat va elat vakillarini bir davrada jamlagan festival chinakam do‘stlik bayramiga aylandi.

Davlat va jamoat tashkilotlari, milliy madaniy markazlar vakillari, turli sohada fidokorona mehnat qilib, el-yurt hurmatini qozongan nuroniylar hamda faol yoshlar ishtirok etgan festival avvalida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Turli millatlarga xos urf-odatlar va madaniyatni o‘zida mujassam etgan sahna ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi. 

- Men mana shu Surxon vohasida tug‘ilib voyaga yetdim, - deydi koreys millatiga mansub Alla Mun.  - Ko‘z ochib ko‘rganim  -  shu Vatanda biz – turli  millat va elat vakillari bir oila farzandlaridek yashamoqdamiz. O‘z salohiyatimiz bilan davlat va jamiyat rivojiga hissa qo‘shishga harakat qilyapmiz. Chindan ham O‘zbekiston – umumiy  uyimiz. Bugun uch avlod vakillari ishtirokida o‘tgan do‘stlik  festivalini yurtimizdagi tinch va  osuda hayotning yana bir tantanasi deb bilaman.

 

Ilhom RAHMATOV, "Xalq so‘zi".

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?