U koronavirusdan ham xavfli...

16:07 29 Noyabr 2020 Jamiyat
483 0

Dunyoda bugungi kunga qadar odam immuniteti tanqisligi virusi – OITV bilan 75,7 million kishi dard chekkan. Birgina 2019-yilning oʻzida jahon boʻyicha OITVni yuqtirib yashayotgan insonlar soni 38,9 million nafarni tashkil etib, OITSga hamroh kasalliklardan qariyb 700 ming odam vafot etgan.

— Koronavirus pandemiyasi davrida ushbu illat bilan bogʻliq vaziyat biroz eʼtibordan chetda qolgan boʻlsa-da, bu kasallik koronavirusdan ham xavfli,—deydi Fargʻona viloyati OITSga qarshi kurashish markazi bosh shifokori oʻrinbosari Tamara Tokmakova. — 2020-yil 1-noyabr holatiga viloyatda bu virusni yuqtirgan 3386 nafar shaxs hisobda turadi. Fargʻona viloyatida joriy yilning oʻn oyida 200 nafarga yaqin inson bu virusni yuqtirgani aniqlangani hamda ular asosan mehnatga layoqatli hamyurtlarimiz ekanligi barchamizning ogohlikka chorlashi lozim.

2019-yili Fargʻona viloyatida OITV bilan kasallanish holatlarining 37,1 foizi mehnat migratsiyasi bilan bogʻliq ekanligi esa xorijdan qaytayotgan mehnat muhojirlari bilan ishlash samaradorligini yana-da oshirishni taqozo etadi.

B.Madiyorov,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?