Tut bargidan shifobaxsh choy, un va sovun, ipak qurti gʻoʻmbagidan esa yogʻ olinmoqda

Foto: Dinara Chirkova / “Xalq so‘zi”.
Oʻzbek ipakchiligi qadim tarix, yuksak salohiyatga ega. Biroq mavjud imkoniyatdan oqilona foydalanilmayotgani oqibatida mazkur tarmoq tannazzul yoqasiga kelib qolgan edi. Prezidentimiz tashabbusi bilan oʻtgan yili “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi tashkil etilgach, nafaqat unutilib borayotgan anʼanalar qayta tiklandi, balki soha rivojida innovatson bosqichga qadam qoʻyildi. Joriy yilda pillachiligimiz tarixida ilk bor bir mavsumda uch marta ipak qurti parvarishlanib, 18 ming tonna “kumush tola” yetishtirilgani bunga yorqin misoldir.
Uyushma qoshida tashkil etilgan Ipak mahsulotlari muzeyi hamda ipak liboslar namoyish etiladigan shourumning tantanali ochilish marosimida shular haqida soʻz yuritildi.
Tadbirda soʻzga chiqqan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi T. Narbayeva, “Oʻzbekipaksanoat” uyushmasi raisi B. Sharipov taʼkidlaganidek, tarmoqda klaster usuli tatbiq qilinayotgani ipakchiligimiz dovrugʻini qayta tiklash, sanoatning yangi yoʻnalishlarini oʻzlashtirish imkonini bermoqda. Ilgari faqat xom ipak ishlab chiqarish bilan cheklanib qolingan tizim korxonalarida endilikda tut bargidan shifobaxsh choy, un va sovun, ipak qurti gʻoʻmbagidan esa parfyumeriya yogʻi ishlab chiqarish oʻzlashtirilgani quvonarlidir.
Jahon ipakchilik sohaning yetakchi kompaniyalari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari, xorijiy mamlakatimizning mamlakatimizdagi elchilari, shuningdek, soha mutaxassislari ishtirok etgan anjumanda shu kabi innovatsion mahsulotlar taqdimoti boʻlib oʻtdi.
Qayd etilganidek, hozir yurtimizda 45 ming gektar tut plantatsiyasi mavjud boʻlsa, yaqin yillarda ularning maydonini 75 ming gektarga yetkazish koʻzda tutilgan. Tut barglari ipak qurti boqish mavsumidan tashqari, choy ishlab chiqarishga yoʻnaltiriladi. Chunki ayni paytda bitta pilot loyiha hayotga tatbiq qilingan boʻlsa, kelgusida yana oʻn bitta shunday korxona tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Bundan tashqari, Xitoy, Hindiston, Vyetnam kabi davlatlar investorlari ishtirokida bunyod etilgan 50 ga yaqin ipakchilik korxonalari qoshida ipak matolari ishlab chiqaradigan yana 50 korxona, shuncha tikuvchilik fabrikasini barpo etish, Turkiya va Eron investisyailari jalb etilgan holda, gilam ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyish 182 ta loyiha ustida ish olib borilayotgani diqqatga sazovordir.
Tadbirda “Bukhara Brilliant Silk” masʼuliyati cheklangan jamiyati dizaynerlari tomonidan ipak matolaridan yaratilgan liboslar kolleksiyasi namoyishi, ayniqsa, yigʻilganlarda katta tassurot qoldirdi. Neagki, barcha mavsum uchun moʻljallangan yettita kolleksiya oʻzbek ipak matolarning asl jozibasini toʻla namoyon eta olgan.
Said RAHMONOV, "Xalq so‘zi" muxbiri.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- Oʻzbekiston Energetika vazirligi va “Gazprom” kompaniyasi oʻrtasida gaz sohasida hamkorlik boʻyicha “yoʻl xaritasi” imzolandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring