Turkmaniston Prezidenti Oʻzbekiston Prezidentini samimiy qutladi

18:30 25 Oktyabr 2021 Siyosat
654 0

Turkmaniston yetakchisi davlatimiz rahbarini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidagi ishonchli gʻalabasi bilan dildan qutladi. Mamlakatimizni modernizatsiya qilish va uning xalqaro nufuzini yuksaltirishga qaratilgan samarali islohot va yangilanishlar davom ettirilishi tilandi.

Joriy yil 4-5-oktyabr kunlari Toshkent shahrida oʻtgan oliy darajadagi rasmiy tadbirlar yakunida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Boʻlajak muloqotlar, shu jumladan mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?