Turkiyaga sayyohlar uchun moʻljallangan charter reyslar bosqichma-bosqich tiklanmoqda

18:07 11 Iyun 2021 Iqtisodiyot
422 0

Turkiya Respublikasida epidemiologik vaziyat barqarorlashayotgani inobatga olinib, mamlakatimizning ushbu davlatdagi Bosh konsulxonasi quyidagilarni maʼlum qilmoqda:

Istanbul bilan Fargʻona, Urganch va Samarqand oʻrtasida aviaqatnovlar 3-iyundan bosqichma-bosqich tiklanadi;

Turkiyaga sayyohlar uchun moʻljallangan charter reyslar 5-iyundan bosqichma-bosqich tiklanadi;

Toshkent — Istanbul yoʻnalishidagi aviaqatnovlar talab va vaziyatdan kelib chiqib 10-iyundan bosqichma-bosqich tiklanadi;

Soʻnggi 14 kun davomida Turkiyada boʻlgan va ushbu mamlakat orqali Oʻzbekistonga kirib kelayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari va doimiy yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning uy yoki mehmonxonada karantinda boʻlish tartibi bekor qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasiga kelish uchun aviaqatnovga roʻyxatdan oʻtishdan oldin soʻnggi 72 soatdan koʻp boʻlmagan muddatda koronavirus infeksiyasiga faqat PSR orqali tekshirilib, manfiy koʻrsatkichga ega, deb topilgan maʼlumotnomani taqdim etish talabi saqlanib qoladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?