Turkiyaga borishni rejalashtirgan fuqarolarga qoʻshimcha talablar qoʻyildi

20:06 26 Iyul 2021 Dunyo
772 0

Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi maʼlumotlariga koʻra soʻnggi vaqtlarda Turkiyaga sayyoh boʻlib kelib, maʼlum bir muddatdan soʻng Oʻzbekistonga qaytmoqchi boʻlganlarning COVID-19 testlari natijalari “ijobiy” chiqayotganlar soni keskin oshib bormoqda.

Shu munosabat bilan Turkiyaga kelishni rejalashtirgan fuqarolarga quyidagilarni maʼlum qilamiz:

Turkiyaning tegishli vazirlik va idoralari bayonnomalariga koʻra, COVID-19 kasalligidan sugʻurtalangan chet el fuqarolari tibbiyot muassasalarida bepul davolanish imkoniyatiga ega boʻladilar. Ushbu virusning yengil shakli bilan kasallangan sayyohlar 10-14 kun davomida mehmonxonalarning maxsus xonalarida saqlanadilar va xarajatlar sugʻurta hisobiga qoplanadi.

Sugʻurtaga ega boʻlmagan sayyohlar mehmonxonada turar joy uchun toʻlovni oʻz hisoblaridan qoplaydilar yoki hududlardagi maxsus bepul karantin markazi(asosan talabalar yotoqxonalari)ga yuboriladi (misol uchun, Istanbul shahrida Maltepa tumanida joylashgan «Mimar Sinan» nomidagi yotoqxona karantin markazi sifatida xizmat qiladi).

COVID-19ga chalingan sayyohlarning bepul karantin markaziga joylashtirish masalasi viloyat gubernatorligi tomonidan belgilanadi. Oʻz oʻrnida, Turkiyaning Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotiga koʻra, yangi oʻquv mavsumi boshlanishiga tayyorgarlik munosabati bilan yaqin davrda ushbu markazlar yopilishi kutilyapti.

COVID-19ga chalingan shaxslar 10-14 kundan soʻng PZR testini qayta topshirishlari va test natijasi “manfiy” chiqqan taqdirda uchib ketishlari mumkin boʻladi. Virusni yuqtirgan davrdan to toʻliq tiklanishgacha boʻlgan jarayon Turkiyaning “Hayat Eve Sığar” (HES-kod) dasturi orqali nazorat qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?