Turkiyadagi yurtdoshlarimiz Ombudsmanga murojaat qilishdi

13:30 25 Noyabr 2021 Jamiyat
166 0

Joriy yilning 22-noyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Turkiya Respublikasiga tashrifi davomida ushbu mamlakatda yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan uchrashdi.

Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchixonasida tashkil etilgan uchrashuvda dastlab, Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar, Ombudsman instituti faoliyati, uning qonunchilik bazasi va vakolatlari haqida vatandoshlarga maʼlumot berildi.

Muloqot davomida 50 nafardan ortiq yurtdoshlarimiz bugun Turkiya Parlamentining bosh Ombudsmani bilan oʻzaro hamkorlik memorandumi imzolangani va uning doirasida Turkiyada yashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari murojaatlarini koʻrib chiqish va ularni qiynagan masalalarni bartaraf etish choralarini koʻrish belgilab olingani haqida xabardor qilindi.

Hamyurtlarimiz bilan oʻtkazilgan uchrashuv davomida ular Ombudsman va Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchisiga taʼlim, sogʻliqni saqlash, moddiy yordam, fuqarolikni rasmiylashtirish, til oʻranish kurslarini tashkil etish kabi masalalarda murojaat qilishdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?