Turkiyadagi oʻzbekistonlik mehnat migrantlarining faoliyati tizimlashtiriladi

13:43 26 Avgust 2020 Jamiyat
247 0

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning Turkiya Respublikasi Buyuk millat majlisining rejalashtirish va byudjet komissiyasi Raisi L.Elvan bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Yirik turk biznes vakillari ishtirok etgan ushbu uchrashuv doirasida ikki davlat oʻrtasidagi qator iqtisodiy va ijtimoiy masalalar bilan bir qatorda mehnat migratsiyasi masalalari ham muhokama etildi.

Xususan, Turkiya hududida istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolarining mehnat faoliyatini tizimlashtirish va masalalarini hal etish maqsadida ikki mamlakatning tegishli davlat tuzilmalari oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni faollashtirish orqali mehnat migratsiyasi sohasida hukumatlararo hamkorlikni mustahkamlash boʻyicha ham aniq mexanizmlar ishlab chiqildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?