Turkiyadagi xalqaro koʻrgazmada Oʻzbekistonning turizm salohiyati targʻib qilindi

Foto: Халқ сўзи
Joriy yilning 24–27-noyabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida «OIC HALAL EXPO 2022» koʻrgazmasi va «WORLD HALAL SUMMIT» xalqaro konferensiyasi oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi hamkorligida “Oʻzbekiston Milliy pavilyoni” tashkil etildi.
Pavilyonda yurtimizning turizm salohiyatini yoritib boruvchi hamda halol mahsulotlar ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi korxonalardan iborat delegatsiya ishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, koʻrgazma davomida Amerika, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Iroq, BAA, Malayziya, Indoneziya, Turkmaniston, Tojikiston davlatlaridan kelgan mehmonlar “Oʻzbekiston Milliy pavilyoni”ga tashrif buyurib, yurtimizda yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotlariga katta qiziqish bildirishdi. Qolaversa, xalqaro oziq-ovqat savdosi platformalari, kompaniyalari hamkorlik uchun takliflar berishdi.
Shu bilan birga, koʻrgazma doirasida “Xalqaro oshpazlar musobaqasi” ham boʻlib oʻtdi.
Musobaqada hamyurtlarimiz sovrinli oʻrinlarni qoʻlga kiritishdi. Xususan, Abu Hurayra Toʻychixoʻjayev «Zamonaviy oshxona – goʻshtli taom va baliqli taom» nominatsiyasi boʻyicha 2 ta kumush medal, Elyorbek Mirboboyev “Zamonaviy oshxona – goʻshtli taom” nominatsiyasi boʻyicha 1 ta kumush medal, Shoxruzxon Ibragimov “Baliqli taomlar” nominatsiyasi boʻyicha 1 ta bronza medalga sazovor boʻlishdi.
Koʻrgazma davomida “Oʻzbekiston Milliy taomlari” stendi shirinliklarimiz, mevalar bilan bezatilib, mehmonlarga osh va somsalar tarqatildi. Qayd etish joizki, mevalarimiz xorijliklar tomonidan alohida eʼtirof etildi.
Bundan tashqari, koʻrgazmani kelasi yillarda Oʻzbekistonda oʻtkazish boʻyicha muzokaralar olib borildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring