Turkiyada umumiy maydoni 5 ming kvadrat metrga teng yer osti shahri topildi

20:38 11 Sentyabr 2022 Dunyo
992 0

Arxiv surat

Turkiyaning Konya muzofotida quruvchilar ish vaqtida yer osti shahrini aniqladi. Bu haqda mahalliy «Anadolu» axborot agentligi xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, uning umumiy maydoni 5 ming kvadrat metrga yetishi mumkin. Topilma milodiy VIII asrga oidligi aytilmoqda.

Qayd etilishicha, quruvchilar yer ostida 20 kvadrat metr maydonga ega binoni topishgan. U tunnellar tarmogʻi bilan oʻzaro bogʻlangan. Oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?