Turkiyada Rossiya vertolyoti qulab tushdi. Qurbonlar bor

23:15 21 Sentyabr 2022 Dunyo
617 0

Foto: sondakika.com

Turkiyada Rossiyaga tegishli yongʻinga qarshi vertolyot qulab tushishdi. Mamlakat janubi-gʻarbida joylashgan Denizli shahrida yuz bergan ushbu fojia oqibatida bir kishi halok boʻlgan, yana toʻrt kishi tan jarohati olgan.

Qayd etilishicha, yongʻinni oʻchirish uchun havoga koʻtarilgan vertolyot Mugʻla viloyatining Marmaris tumanida oʻrmonli hududdagi dalaga qulagan va yonib ketgan. Nashrning yozishicha, voqea joyidan chiqqan tutun shaharning aksariyat qismlaridan koʻringan. Qutqaruvchilar zudlik bilan vertolyot qulagan joyga yetib oʻtdi va yongʻin tarqalishining oldini olish uchun barcha choralarni koʻrgan. Manbaga koʻra, Denizli gubernatori Ali Fuat Atik voqea joyiga yetib kelgan.

4-sentyabr kuni “Cessna” rusumli xususiy samolyoti Boltiq dengiziga qulagani xabar qilingan edi. U Ispaniyadan Germaniyaga uchib ketayotgan vaqtda fojiaga uchragan. Shvetsiyalik qutqaruvchilarning maʼlumotlariga koʻra, samolyot Latviyaning Ventspils shahridan shimoli-gʻarbda radarlardan gʻoyib boʻlgan va soat 19:45 da qulagan. Taxminlarga koʻra, qulash joyida mayda qoldiqlar va neft dogʻlari topilgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, samolyot uchuvchisi salondagi bosimni yoʻqotganligi sababli hushini yoʻqotgan. Va shu holat fojiaga sabab boʻlgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?