Turkiyada qo‘lga olingan o‘zbekistonlik erkak deportatsiya qilindi
Foto: Istanbuldagi Bosh konsulxona
Turkiyada firibgarlik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib qoʻlga olingan erkak Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Bosh konsulxona axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Turkiya va Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida joriy yilda Istanbul shahrida qoʻlga olingan Doniyor Muqimjonov Bosh konsulxona xodimlari ishtirokida Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.
U 2022-2023-yillarda ishonchga kirish yoʻli bilan oʻzgalarning umumiy hisobda qariyb 60 ming AQSH dollarini firibgarlik yoʻllari bilan oʻzlashtirganlikda ayblanib, 2023-yildan buyon qidiruvda boʻlgan.
“Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Ichki ishlar vazirligi yoxud uning quyi tizimlariga murojaat qilish soʻraladi”, deyiladi konsullik xabarida.
Qoʻshimcha qilinishicha, jinoiy javobgarlikdan qochib xorijiy davlatlarda, shu jumladan, Turkiyada yashirinib yurgan har bir shaxsga nisbatan jinoiy taʼqib izchil ravishda davom ettiriladi va jinoyat uchun javobgarlik prinsipi qatʼiy taʼminlanadi.
Shu bilan birga, keyingi vaqtlarda firibgarlik sodir etilishi holatlari yuzasidan Bosh konsulxonaga kelayotgan murojaatlar soni ortganini inobatga olib, fuqarolardan firibgarlardan ogoh boʻlish soʻraldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring