Turkiyada ilojsiz qolib ketgan 21 yoshli qiz Oʻzbekisatonga olib kelindi
Illyustrativ foto
Turkiyaning Istanbul shahrida chorasiz qolib ketgan oʻzbekistonlik 21 yoshli qiz Vatanga qaytarildi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, u Istanbulga oʻz ammasining taklifi asosida ishlashga kelib, qiyin vaziyatda qolgan. Ikki kun koʻchada yashash joyisiz yurgan, Jizzax viloyatidan kelgan 21 yoshli fuqaroning vatanga qaytishi taʼminlangan.
Aviachipta va boshqa toʻlovlar “Xalqaro oʻzbek sanoatchilari, tadbirkorlar va ilm insonlari jamiyati” aʼzolari homiyligida qoplangan. Shu oʻrinda yordam bergan barchaga qiz va konsulxona nomidan tashakkur bildirildi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Turkiyaning Ushoq shahrida 2020-yildan buyon tutqunlikda saqlanayotgan 42 yoshli oʻzbekistonlik ayol qutqarilgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Isroil zarbalari oqibatida Gʻazoda 90 dan ortiq kishi halok boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring