Turkiyada bir sutkada "COVID-19"dan rekord darajada oʻlim qayd etildi

00:07 03 Sentyabr 2021 Dunyo
514 0

Foto: aa.com.tr

1-sentyabr kuni Turkiyada koronavirus asoratlari tufayli 290 kishi hayotdan koʻz yumgan.

Mamlakat Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bu 6-maydan buyon qayd etilgan eng yuqori koʻrsatkich hisoblanadi. Oʻtgan bir kun ichida 23 946 kishi koronavirus infeksiyasini yuqtirgani maʼlum boʻlgan.

Turkiyada ushbu infeksiyadan vafot etganlarning maksimal soni (394 bemor) joriy yilning 30-aprel kuni qayd etilgan edi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?