Turkiya kompaniyasi Sirdaryoda yana bir IЕS qurmoqchi

Foto: Xalq so‘zi
Maʼlumki, Sirdaryo viloyati Xovos tumanida Turkiyaning “Cengiz Enerji” kompaniyasi tomonidan qisqa muddatda 220 MVt quvvatiga ega gaz-porshenli issiqlik elektr stansiyasi qurildi. Yil oxiriga qadar mazkur korxona toʻliq quvvatda ishlashi kutilmoqda.
Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev mazkur kompaniya bosh direktori Axmed Jengizni qabul qildi. Muloqotda oʻzaro sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish, hamkorlik aloqalarni kengaytirishga doir dolzarb masalalar muhokama etildi.
Xususan, Turkiya kompaniyasi rahbari Xovos tumanida elektr stansiyasi qurish loyihasi muvaffaqiyatli boʻlganini taʼkidlab, yana bir yirik, qiymati 300 million AQSH dollarilik quvvati 450 MVt boʻlgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish loyihasi ishlab chiqilayotganini bildirdi.
Akmaljon Mahmudaliyev viloyatning iqtisodiyoti, sanoat korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlari yildan-yilga oʻsayotgani, bunda elektr energiyaga boʻlgan talab yanada ortishini, mazkur sohada hamkorlik qilishga tayyor ekanligini taʼkidladi va kompaniya loyihasi boʻyicha tegishli vazirlik hamda idoralar bilan qoʻshimcha muzokaralar olib borilishini maʼlum qildi, deyiladi Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati xabarida.
Ahmadali SHERNAZAROV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Olimlar saratondan ham oʻlim xavfi ikki baravar yuqori boʻlgan kasallik haqida maʼlum qilishdi
- “Eshonxoʻja ota” masjidi imom-xatibi Avazxoʻja Bahromov lavozimidan ozod etildi va 3 sutkaga qamaldi
- AQSH boy berilgan hududlarni Ukrainaga qaytarishga erishish niyatida ekanligini maʼlum qildi
- Transport vazirlari “Xitoy – Qirgʻiziston – Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishini muhokama etishdi
- Davlat rahbari yoshlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatladi
- 2-fevraldan boshlab barcha hududlardagi AGTKSHlar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring