Turkiya bilan hamkorlikdagi fakultetning ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Foto: Buxoro davlat tibbiyot instituti matbuot xizmati
Tibbiyot oliygohlarini dunyodagi nufuzli universitetlar bilan hamkorlik qilishiga yoʻl ochilishi sohadagi ijobiy oʻzgarishlarga zamin yaratmoqda. Birgina Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, ayni paytda 50dan ortiq xalqaro oliygoh va tibbiyot muassasalari bilan yaqin hamkorlik qilib kelmoqda. Italiya, Rossiya, Hindiston, Xitoy, Turkiya, Polsha kabi davlatlar bilan hamkorlikda qoʻshma taʼlim dasturlari tashkil etilgan.
2019-yilda institutda Turkiyaning Sogʻliq bilimlari universiteti toʻrtta yoʻnalishda qabul jarayonlarini boshlagan edi. Bugungi kunga kelib institutning Xalqaro Turkiya fakultetida toʻrtta yoʻnalish boʻyicha 555 nafar talaba tahsil olmoqda. Joriy oʻquv yilida mazkur fakultetga qabul qilingan 150 nafarga yaqin talaba Abu ali ibn Sino tugʻilib oʻsgan qishloq Afshonada toʻplanib, alloma haykali poyida “Shifokorlikka qasamyod” tadbirida ishtirok etishdi.
Shuningdek, shu kuni Sogʻliq bilimlari universiteti bilan hamkorlikdagi fakultetda ilk marotaba qabul qilingan talabalarga diplomlar topshirildi.
Malakali tibbiy xizmatlar oliy maktabining Anesteziologiya, Fizioterapiya hamda Shoshilinch tibbiy yordam yoʻnalishlarida uch yil davomida tahsil olgan sobiq talabalar endi shifokorlik faoliyatini boshlashi mumkin boʻldi.
Bitiruv marosimida Turkiyaning mamlakatimizdagi favqulodda va muxtor elchisi Olgan Bekar, Sogʻliq bilimlari universiteti rektori Doktor Javdat Erdol, Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev, professor oʻqituvchilar va talabalarning ota-onalari ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir Turkiya teleradiokompaniyasida jonli ravishda yoritib borildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
- Energiya taʼminotini yaxshilash masalalari koʻrib chiqildi
- Maktablarda til va kasb oʻrgatishni rivojlantirish choralari belgilandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring