Turkiya behisidan yurtimizda moʻl hosil olish mumkinmi?!

Quva tumanida joylashgan tomorqa yer uchastkalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazi tasarrufidagi 6 gektar behizor ijara asosida mirishkor bogʻbonlarga ajratib berilgan.
Bu bogʻda sharbatga toʻlib pishgan 400-500 tonna behi Rossiyaga eksport qilinib, bir gektar yerdan 200-250 million soʻmgacha daromad olinmoqda.
Markaz rahbari Zafarjon Mamasoliyev joriy yilning fevral oyida Turkiyada bogʻdorchilik tajribasini oʻrganib, 1250 tup behi koʻchati olib keldi va 2 gektar yerda intensiv bogʻ yaratildi. Turkiyalik hamkorlar bilan birgalikda 2021-yilda markaz qoshida jahon andozalariga mos laboratoriya va mevani qayta ishlash sexi barpo etish rejalashtirilgan.
— Turkiya behi navi mahalliy navlarimizga nisbatan kasallikka kam chalinadi, juda ham serhosil, —deydi Z.Mamasoliyev. — Eksportbopligi tufayli kelajakda xuddi gilos, shaftoli, oʻrik singari behidan ham katta daromad olish mumkin.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?
- Viloyat hokimi chekka qishloqdagi aholi xonadonida tunamoqda (foto)
- “Faridaning ikki ming qoʻshigʻi” filmi belgilangan vaqtda yuborilmaganligi sabab “Oskar”da qatnashmaydi
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Surxondaryo viloyat hokimligi binosida AKT xodimi kaltaklangani haqidagi xabarga munosabat bildirildi
- Prezidentga sheʼr oʻqib bergan talaba Yozuvchilar uyushmasi aʼzoligiga qabul qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring