Turkiy millatlar madaniyati tarannum etildi

22:46 10 Noyabr 2022 Siyosat
1165 0

Foto: president.uz

Turkiy davlatlar yetakchilari “Buyuk ipak yoʻli” xalqaro turizm markazidagi “Boqiy shahar” majmuasiga tashrif buyurdi.

Bu yerda oliy martabali mehmonlarning tashrifi sharafiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan qabul marosimi oʻtkazildi.

Samimiy muloqotda Samarqand turkiy tamaddunning qadimiy beshiklaridan biri boʻlgani, bugun xalqaro forumlar markaziga aylanib borayotgani yodga olindi.

Turkiy millatlarning qadim madaniyati, umumiy anʼana va qadriyatlarini oʻzida mujassam etgan konsert dasturi namoyish etildi.

Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti doirasidagi asosiy tadbirlar ertaga, 11-noyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?