Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti yakunlandi

19:27 11 Noyabr 2022 Siyosat
2040 0

Foto: president.uz

Samarqandda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Turkiy davlatlar tashkilotining sammiti boʻlib oʻtdi.

Davlat rahbarlari kengashi yigʻilishida Oʻzbekiston yetakchisi turkiy dunyoni yanada yaqinlashtirish va ulkan salohiyatini toʻliq ishga solishga qaratilgan muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Sammit yakunida yetakchilar Samarqand deklaratsiyasi va boshqa bir qator hujjatlarni imzoladilar, Registon majmuasida daraxt ekdilar.

Shu bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Samarqandga amaliy safarini yakunlab, Toshkentga qaytib keldi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?