Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollari Qirgʻiziston Prezidenti bilan uchrashdi

17:01 09 Avgust 2022 Siyosat
323 0

Foto: Oliy Majlis Senati axborot xizmati

Qirgʻizistonning Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Kengashning navbatdagi yigʻilishi doirasida Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov ishtirokchilar bilan uchrashdi.

Unda Turkiy davlatlar tashkiloti Oqsoqollar Kengashining Oʻzbekistondagi aʼzosi, Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi raisi Baxtiyor Sayfullayev ham ishtirok etdi.

S.Japarov yoshi ulugʻlar jamiyat va davlatda hayotida muhim oʻrin tutayotganini taʼkidlab, globallashuv davrida tashkil etilgan Oqsoqollar Kengashi dunyodagi eng kuchli uyushmalardan biriga aylanishiga ishonch bildirdi.

Qirgʻiziston rahbari Oʻzbekiston Oqsoqoli bilan suhbat davomida Oʻzbekistonga tashrifi chogʻida koʻrganlari dunyoqarashini tamoman oʻzgartirib yuborganini, ochiq boshqaruvda Shavkat Mirziyoyevdan koʻp narsa oʻrganganini taʼkidlagan.

S.Japarov joriy yil Turkiy davlatlar tashkilotining Samarqand sammitida, albatta, ishtirok etishi va ushbu sammit yuqori darajada oʻtkazilishiga ishonch bildirdi.

Oqsoqollar Kengashining yigʻilishi davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?