Turizm vazirligi va viloyat hokimlari oldiga kelgusi yilda kamida 7 million xorijiy va 12 million ichki turistlarni jalb qilish vazifasi qoʻyildi

20:29 19 Sentyabr 2022 Siyosat
445 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Yigʻilishda turagentlarga litsenziya talabini bekor qilib, xabardor qilish tartibiga oʻtkazish boʻyicha qaror loyihasini kiritish vazifasi qoʻyildi.

Umuman, Turizm vazirligi va viloyat hokimlari oldiga yangi imkoniyatlardan foydalanib, kelgusi yilda kamida 7 million xorijiy va 12 million ichki turistlarni jalb qilish vazifasi qoʻyildi.

Kelgusi yilda turizm eksportini kamida 2 milliard dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar borligi taʼkidlandi.

Yigʻilish yakunida mutasaddilarning axboroti tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?