Turizm taʼlimida OTM talabalari uchun qoʻshma taʼlim dasturini tashkillashtirish masalalari muhokama qilindi

16:03 12 Fevral 2024 Jamiyat
199 0

Turizm qoʻmitasi raisi Umid Shadiyev va Belarus sport va turizm vaziri Sergey Kovalchuk bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tomonlar Oʻzbekiston va Belarus oʻrtasida soʻnggi yillarda turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan loyiha va tadbirlarni sarhisob qilib, keyingi yillarda sohaning istiqbolli yoʻnalishlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni batafsil muhokama qildilar.

Turizm sohasida ikki davlatdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun 2+2 qoʻshma taʼlim dasturi, tajriba kurslarini tashkillashtirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?