Turar-joylardan haydab chiqarilgan “Mehribonlik uylari”ning sobiq tarbiyalanuvchilari bilan bogʻliq holat Senat nazoratiga olindi

19:20 25 May 2021 Jamiyat
468 0

Shu kunlarda Internet ijtimoiy tarmoqlarida “Bu joy Oʻzbekistondagi doʻzax, hech kim chiqolmagan!” sarlavha ostidagi maqola keng muhokamaga sabab boʻlmoqda.

Unda taʼkidlanishicha, Samarqand viloyatidagi 6, 10-sonli hamda Toshkent shahridagi 22-sonli “Mehribonlik uyi” tarbiyalanuvchilari uchun davlat tomonidan bepul ravishda uy-joy ajratilgan, biroq, tarbiyalanuvchilar mutasaddi tashkilotlar tomonidan ushbu uy-joylar ularga kredit asosida berilgani toʻgʻrisida ogohlantirmagan va buning oqibatida ular mazkur turar-joylardan haydab chiqarilgan.

Shuningdek, ushbu masalaga yechim izlab Toshkent shahriga kelishganda ichki ishlar xodimi tomonidan ularga nisbatan oʻrinsiz harakatlar amalga oshirilgani iddao qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan mazkur holat nazoratga olindi. Tez orada ushbu holatga qonuniy baho berilishi yuzasidan batafsil maʼlumot taqdim etiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?