Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirishning huquqiy asosi yaratilmoqda
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Senatning qirq yettinchi yalpi majlisida “Tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilindi.
Taʼkidlanganidek, qishloq xoʻjaligini isloh qilish, sohani rivojlantirishning huquqiy asosini mustahkamlash, investitsiyalarni jalb qilish, resurstejamkor texnologiyalarni joriy etish borasida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, yer yuzidagi bugungi ekologik omillarning keskin oʻzgarishi yer va suv resurslaridan samarali foydalanishga, shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari hosildorligi va sifatini oshirishga oʻz taʼsirini koʻrsatmoqda.
Bu esa, oʻz navbatida, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash va isteʼmol ratsionini yaxshilash, tuproq unumdorligini oshirish, saqlash va asrab-avaylashni talab etmoqda.

Shu boisdan ushbu Qonun bilan yer fondining barcha toifalaridagi tuproqning unumdor va tuproq hosil qiluvchi qatlamlari tuproqni muhofaza qilish obyekti etib belgilanmoqda.
Qonunda tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi davlat nazorati, yer egalarining, yerdan foydalanuvchilarning va yer uchastkalari ijarachilarining tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish sohasidagi huquq va majburiyatlari mustahkamlanmoqda.

Qonunda tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish, tuproqlarning holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash, shuningdek, masʼul vazirlik va idoralarning vakolatlari, yerlarni rekultivatsiya qilish, tuproq holati va sifatiga taʼsir qiluvchi loyihalar, vositalar va texnologiyalarni davlat ekspertizasidan oʻtkazish masalalari oʻz aksini topmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuproqqa yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilish huquqi belgilanmoqda.

Shaharsozlik faoliyatini, geologik qidiruvni va foydali qazilmalarni qazib olishni, shuningdek qishloq xoʻjaligiga oid boʻlmagan boshqa faoliyatni amalga oshirish chogʻida tuproqning unumdor qatlami sidirib olinmaganligi va saqlanmaganligi fakti aniqlangan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishi mustahkamlanmoqda.
Senatorlar ushbu Qonunning qabul qilinishi natijasida sugʻoriladigan tuproqlar unumdorligining pasayish jarayonlariga barham berilishi hamda tuproq unumdorligini tiklash hisobiga mahsulot yetishtirish hajmining ortishi va toza tuproqda sifatli hamda xavfsiz mahsulot yetishtirish imkoniyati kengayishini taʼkidladilar.
Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring