Tuman “Urganch” aeroporti ishini vaqtincha chekladi

Urganch xalqaro aeroporti bugun tunda uchta reysni qabul qila olmadi.
“Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Moskva – Urganch yoʻnalishi boʻyicha HY-9616 yoʻlovchi reysi soat 03:30da ob-havo sharoiti - quyuq tuman va koʻrish masofasi 300 metrdan kam boʻlganligi sababli belgilangan aeroportga qoʻna olmadi hamda Navoiy shahridagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi.
Xuddi shu sababga koʻra, Moskvadan SBI-3245 reysini amalga oshirayotgan S7 aviakompaniyasining samolyoti Urganch aeroportiga soat 03:00 da qoʻna olmadi. Samolyot Buxoro aeroportiga yoʻnaltirildi.
Toshkent – Urganch yoʻnalishi boʻyicha HY-53 reysining parvozi ham kechiktirildi.
Ertalab tuman tarqagach SBI-3245 reysi Buxorodan Urganchga soat 09:30da, HY-9616 reysi Navoiydan soat 09:20da, HY-53 reysi Toshkentdan soat 09:48da uchdi. HY-53 reysi Urganchga soat 10:55 da qoʻnishi kutilmoqda.
S7 Airlines aviakompaniyasining Urganchdan Moskvaga qaytish reysi mahalliy vaqt bilan 22:05 ga belgilangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring