Tuman hokimligi tomonidan 1000 ta oilaga amaliy yordam berildi

11:26 26 Noyabr 2020 Jamiyat
132 0

Bu yilgi qish mavsumi ostona ortidayoq oʻz hukmini oʻtkaza boshladi. Bunday sharoitda aksariyat oilalar mavsumga hali tayyor emasligi koʻzga tashlanib qoldi. Asaka tumanidagi mavjud 74 ta MFYdan 1000 ta ana shunday oilalar tanlab olinib, tuman hokimligi tomonidan amaliy koʻmak koʻrsatildi.

— Yurtdoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash xalqimizga xos fazilat, — deydi mehnat faxriysi Abdurahmon Fozilov. — Qolaversa, eʼtiborning oʻzi kishiga kuch-quvvat bagʻishlaydi.

Eʼtiborga muhtoj oilalarga koʻmir va 8 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?