Tugʻilish koeffitsiyenti yuqori tumanda perinatal markaz ochildi

18:34 07 Fevral 2023 Jamiyat
498 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqand viloyati Urgut tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli tugʻruq boʻlimi negizida tumanlararo perinatal markazi ish boshladi. 70 oʻrinli mazkur muassasada 1 milliard 170 million soʻmlik byudjet mablagʻlari hisobidan mukammal taʼmirlash va rekonstruksiya ishlari olib borildi.

Ushbu markazda asoratli homiladorlik va muddatidan oldin tugʻilgan chaqaloqlarga malakali tibbiy xizmat koʻrsatish imkoniyati yaratildi. Boshqacha aytganda, endilikda asoratli va ogʻir kechishi kutilayotgan tugʻruqlar uchun homilador ayollar viloyat markaziga borishi shart emas. 550 mingga yaqin aholi istiqomat qiladigan va tugʻilish koeffitsiyenti nisbatan yuqori boʻlgan tuman uchun buning ahamiyati juda katta.

Ixtisoslashtirilgan malakali tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida markazdagi oʻttizga yaqin vrach va oʻrta tibbiyot xodimlarining respublika hamda viloyat perinatal markazlarida malakasi oshirildi va qayta tayyorgarlikdan oʻtkazildi.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?