Tugʻilgan kunida unga bagʻishlab qoʻshiq kuylangan Nurafshon shahri hokimi ishdan ketishi kutilmoqda

Toshkent viloyati markazi boʻlgan Nurafshon shahri hokimi Qahramon Hakimov ishdan olingani haqida xabarlar tarqaldi. “Xalq soʻzi” muxbiri ushbu xabarlarga oydinlik kiritish maqsadida Toshkent viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Bekzod Qobulov bilan bogʻlandi.
Uning maʼlum qilishicha, bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar kengashining navbatdagi sessiyasi oʻtkaziladi. Sessiya kun tartibida tashkiliy masala koʻriladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qahramon Hakimovning tavallud kuniga atab hokim nomi madh etilgan, shahar hokimligi axborot xizmati va madaniyat boʻlimi hamkorligida tayyorlangan qoʻshiq videosi tarqalgan va u hokimlikning Telegramʻdagi rasmiy kanalida ham eʼlon qilingan edi. Qahramon Hakimov bu ishni qoralagan va Nurafshonda qilinayotgan oʻzgarishlarni uning nomi bilan bogʻlashlariga mutlaqo qarshiligini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 23 yoshli yigit oʻqishga kira olmaganini yashirish uchun oilasining barcha aʼzolarini oʻldirdi
- Oʻquvchilar oʻrtasida matematika boʻyicha “Qoʻqon olimpiadasi” oʻtkaziladi. Gʻoliblarga "Neksiya" va “Kobalt” beriladi
- Fargʻonada 19 yashar qizni zoʻrlagan uch erkak haqidagi xabarlarga munosabat bildirildi
- Ibn Sino haqmidi? Olimlar Italiyaning Jilyo oroli aholisida orasida birorta koronavirus qayd etilmaganiga izoh berdi
- Toshkentda selfiga tushish uchun poyezd ustiga chiqqan bolani 27 ming volt tok urdi
- Oʻzbekistonda Prezident sayloviga tayyorgarlik koʻrish jarayoni 2021-yil 1-martdan boshlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring