Tub islohotlarning amaliy natijalari

19:22 28 Sentyabr 2021 Jamiyat
705 0

Foto: Hasan Paydoyev - "Xalq so'zi"

Davlatimiz rahbari tomonidan har bir sektor rahbarlariga va barcha darajadagi mutasaddilar oldiga, avvalo, hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholi muammolarini ijobiy hal etish orqali odamlarni rozi qilishni asosiy vazifa sifatida belgilab berdi. Bu bejiz emas, albatta. Zero, bu yondashuv jamiyat rivoji, xalq farovonligida muhim o‘rin tutyapti.

Mavzudan uzoqlashmagan holda, fikrimizni Karmana tumani 2-sektor tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan davom ettiramiz. Pandemiya davrida 787 nafar ehtiyojmand oilalar “temir daftar”ga kiritilib, 778 ta oila ushbu daftardan chiqarildi. Buni aytish oson, lekin bunga erishishda katta mas'uliyat va mehnat yotibdi.
Bugungi kunda sektor hududida ro‘yxatda turgan 9 nafar oilani doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlash, ular bandligini ta'minlagan holda, daftar ro‘yxatidan chiqarish ishlari olib borilmoqda.


Sektor hududidagi mahallalarda “yoshlar daftari”ni shakllantirish yuzasidan o‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra, 757 nafar yoshlar ushbu daftarga ro‘yxatga kiritildi. Ular bandligini ta'minlash va tadbirkorlikka jalb etish borasi tizimli ishlar tashkil etilmoqda.
— Jumladan, 280 nafar yoshlar ishga joylashtirildi, 141 nafariga “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kredit olib berildi, — deydi  Karmana tumani prokurori, 2-sektor rahbari A. Suvonov. — Qolaversa, 142 nafariga yer ajratildi, 62 nafariga mehnat qurollari uchun subsidiyalar ajratildi, 11 nafar yosh talabalarning to‘lov-kontraktlarini, 20 nafariga tibbiy hamda 5 nafari yoshning harbiy xizmat uchun to‘lovlari to‘lab berilishida amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Bundan tashqari, 370 nafar xotin-qiz “ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha sektor ishchi guruh a'zolari, tijorat banklari tomonidan ishlar olib borilyapti.

Jumladan, 2-sektor hududidagi 212 nafar ishsiz ayolning bandligi ta'minlandi, 6 nafari kasb-hunarga o‘qitildi, 73 nafari tadbirkorlikka jalb etildi, 36 nafari tomorqadan foydalanish orqali foydali mehnatga qamrab olindi. Bevosita sektor rahbari tashabbusi bilan 2 nafar boquvchisini yo‘qotgan hamda 3 nafar uy-joyini ta'mirlashga muhtoj I guruh nogironligi bo‘lgan ayollarni uy-joyi to‘liq ta'mirlab berildi. Bundan tashqari, 8 nafar qaramog‘ida nogironligi bor ayollarga moddiy yordam hamda 30 nafariga huquqiy yordamlar ko‘rsatildi.
Aniq misollarga to‘xtaladigan bo‘lsak, 2-sektor hududidagi “Shibzon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi “ayollar daftari”ga kiritilgan fuqaro Xolida Bobomurotovaga tuman prokurori tashabbusi bilan 4 yashik asalari, “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida yashovchi Z.Islomova, A.Ergasheva, Sh.Akramova, Z.Sobirovalarga xomiylik asosida 3 yashikdan asalari berilishi taminlangan.
Bundan tashqari, joriy yilda “Jaloyir” mahallasi hududida joylashgan “Full Cottin” MChJ qo‘shma korxonasi ishga tushirilib, hududdagi 200 dan ziyod ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlangan.

Shuningdek, Shibzon mahallasida yashovchi Gavhar Egamovaga 33 mln. so‘m imtiyozli kredit olib berilib, go‘zallik saloni faoliyati bilan shug‘ullanishiga ko‘mak berildi. Shu bilan birga, sektor hududidagi Yangiobod mahallasida yashovchi fuqaro Sofiya Polvonovaga 20 mln. so‘m, Nozik Haydarovaga 30 mln. so‘mdan imtiyozli kredit ajratilib, ularning parrandachilik faoliyatini yo‘lga qo‘yilishiga ko‘maklashildi.
Bundan tashqari, “Uyrot” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida istiqomat qiluvchi M.Umarova, N.Ro‘zieva, N.Yo‘ldosheva, A.Axtamov, D.Samonov va boshqalar unni qayta ishlab chiqarish korxonasiga ishga joylashtirili, ularning oilalari doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, 2-sektor rahbari tashabbusi bilan Nurafshon mahallasida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj Anora Shodievaning xonadoni homiylik asosida ta'mirlab berildi. Bundan tashqari, tijorat bank tomonidan ajratilgan 100 mln. so‘m kredit mablag‘lari hisobiga “Arabxona” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Shuhrat Robiyaxonim” oilaviy korxonasi tomonidan 80 o‘rinli o‘quv binosini qurib bitkazishga amaliy yordamlar ko‘rsatildi. Qolaversa, tuman prokurori tashabbusi bilan “Uyrot” mahallasida joylashgan “Asila mirshod quvonchi” oilaviy korxonasiga 150 mln. so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilib, hozirgi kunda qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarishda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Bu hali hammasi emas. Sektor yordami bilan Arabxona mahallasi Bobodehqon-2 ko‘chasining 800 metr hamda Ayronchi mahallasi Do‘stlik ko‘chasining 600 metr joyiga shag‘al-tosh aralashmasi yotqizildi. Shu kabi sektor hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 50 ta tik quduqlari homiylik asosida qurib berilishi natijasida ushbu hududning aholisi to‘liq suv bilan ta'minlandi.
Bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Bularning barchasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan tub islohotlarning amaldagi natijasidir.

“Xalq so‘zi”
Hasan PAYDOEV olgan suratlar.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?