Energetika vazirligi yolgʻon maʼlumot uchun javobgarlik haqida ogohlantirdi

Oʻzbekiston Energetika vazirligi sement ishlab chiqaruvchi korxonalarga elektr energiyasi yetkazib berilishini toʻxtatilgani toʻgʻrisidagi mish-mishlar haqiqatdan yiroq ekanligidan ogohlantirdi.
Vazirlik matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, ushbu zavodlarga elektr energiyasi etkazib berish toʻxtamagan.
"Bu yolgʻon maʼlumot bugun, 25-noyabr kuni 19 mingdan ziyod obunachiga ega boʻlgan telegram kanallaridan birida joylashtirilgan. Mazkur telegram kanali egasi u qanday auditoriyani qamrab olishga qodir ekanini hisobga olgan holda har qanday yolgʻon maʼlumot tarqatish holati uchun javobgarlikni his qilishi lozim.
Mish-mishni tasdiqlovchi yoki inkor etuvchi vakolatli manbalarga murojaat qilmay turib, “tarmoq maʼlumotlariga asoslanib” deb yozgan holda mazkur telegram kanali muallifi sement ishlab chiqaruvchi aniq korxonalarni tilga oladi va ularga elektr energiyasi yetkazib berish toʻxtatib qoʻyilganini maʼlum qiladi.
Eslatib oʻtamiz, qonunchilikka muvofiq, jismoniy shaxs yolgʻon xabar tarqatgani uchun qonuniy javobgarlikka tortiladi. Maʼlum bir auditoriyaga moʻljallangan har qanday xabar tarqatayotgan kishi bu boradagi masʼuliyati va har qanday isbotini topmagan xabar, odamlarga mish-mishlar va tekshirilmagan maʼlumotlarni yetkazgani uchun javobgarlikka tortilishi mumkinligini aniq his qilishi lozim.
Dispetcherlik markazi maʼlumotlariga koʻra, 24-noyabr kuni Ohangaron sement zavodiga 605 ming kVt.soat elektr energiyasi yetkazib berilgan boʻlib, oʻrta hisobda bu zavodga kuniga 540 ming kVt.soat elektr energiyasi yetkazib beriladi.
Jumladan, Quvasoy sement zavodi sutkasiga oʻrtacha 332 ming kVt.soat elektr energiyasi isteʼmol qiladi" deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda yashayapman, oʻzbekcha gapiryapman — Ortiqxoʻjayev ruscha gapirishini soʻragan fuqaroga javob qaytardi
- Kun fotosi: Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev kelin-kuyovga elektr choynak sovg'a qildi
- Ikkalang ham noinsofsan! — Prezident Namangan shahar hokimi va prokuroriga qattiq tanbeh berdi
- UFC prezidenti Habib Nurmagomedov borasida muhim qarorga kelinganini maʼlum qildi
- “Xalq soʻzi” tanlovida ishtirok eting va tahririyatning qimmatbaho sovgʻasini qoʻlga kiriting!
- “UzAuto Motors” Spark, Nexia, Cobalt va Lacettiʻga shartnoma berishni toʻxtatdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring