Truba oʻgʻrisi qoʻlga olindi

09:48 20 Oktyabr 2021 Jamiyat
141 0

Qarshi shahar Aralovul mahallasida yashovchi X.Z “102” xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, 2021-yil 6-oktabr kuni soat 11:45larda Qarshi shahar Aralovul mahallasida joylashgan “Zamin” choyxonasidan bozor bahosi 28.000.000 soʻmlik, diametri 76 sm. va 50 sm. boʻlgan jami uzunligi 700 metr trubalarini nomaʼlum shaxslar oʻgʻirlab ketganligini bildirgan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida mazkur oʻgʻirlik jinoyatini Qarshi shahar Darvozatutak mahallasida yashovchi E.A va Koson tumani Darcha mahallasida yashovchi B.Gʻ.lar sodir etganligi aniqlangan.

Qarshi shahar IIO FMB 3-sonli IIB TB tomonidan E.A va B.Gʻ.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?