Transyogʻlar isteʼmolini butunlay taqiqlash vaqti keldi — JSST

Foto: Sog'liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati
Sanoat yoʻli bilan ishlab chiqariladigan transyogʻlar hali-hanuz oziq-ovqat mahsulotlari tayyorlashda keng qoʻllanilmoqda. Bu esa Yer yuzida yashovchi sakkiz milliarddan ziyod aholining beshdan bir qismi salomatligiga jiddiy xavf solyapti.
Kecha Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan maʼlum qilinishicha, yiliga yarim million odamning yurak-qon tomir kasalliklari oqibatida erta hayotdan koʻz yumishiga aynan shunday zararli ingrediyentlar sabab boʻlmoqda.
Shu bois Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlarda 2021-yildan boshlab faqat 100 gramm yogʻ tarkibida 2 grammdan kam transyogʻlar boʻlgan mahsulotlar savdosiga ruxsat berilgan.
Daniyada esa sanoat yoʻli bilan tayyorlanadigan transyogʻlarga 20 yil oldin keskin cheklovlar joriy etilgan. Shu tufayli hozir ushbu davlatda yurak-qon tomir kasalliklariga chalinish holatlari sezilarli darajada kamaygan.
«Transyogʻlar inson oʻlimiga sabab boʻluvchi zaharli moddalardir, — deydi JSST rahbari Tedros Gebreyesus. — Shunday ekan, ularning isteʼmolini butunlay taqiqlash vaqti keldi. Bu borada hukumatlarni keskin choralar koʻrishga chaqiramiz».
Tahlillarga koʻra, transyogʻlarni koʻp isteʼmol qilish sogʻliq uchun zararli. U lipometabolik kasalliklar rivojlanish xavfini oshiradi. Bundan tashqari, yurak-qon tomir xastaliklarini keltirib chiqaradi.
Eslatib oʻtamiz, margarin, «fast-fud», yarim tayyor yeguliklar, non va non mahsulotlari, qandolatlar hamda qovurilgan kartoshka fritsi tarkibida transyogʻlar koʻp miqdorda uchraydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring