Tramp prezident boʻlsa Kapitoliyga bostirib kirganlarni ozod qilishga vaʼda berdi

19:11 12 Mart 2024 Dunyo
431 0

Foto: AP

AQSH prezidentligiga nomzod Donald Tramp 2024-yilgi saylovda gʻalaba qozonsa, 2021-yil 6-yanvarda Kapitoliyga bostirib kirganlarni afv etish niyatida ekanini aytdi.

“Sizning keyingi Prezidentingiz sifatidagi birinchi harakatlarim: chegarani yopish va <…> 6-yanvarda noqonuniy qamoqqa olinganlarni ozod qilish boʻladi”, deb yozdi Tramp oʻzining “Truth Social” sahifasida.

2021-yil 6-yanvar kuni Tramp tarafdorlari prezidentlik saylovlarida Jo Baydenning gʻalabasini rasmiylashtirishga qarshi miting chogʻida AQSH Kongressi binosiga kirib, u yerda bir necha soat vaqt oʻtkazishdi. Xavfsizlik kuchlari bilan baʼzi toʻqnashuvlar boʻlib oʻtdi. Keyinchalik gʻalayonning koʻplab ishtirokchilari jinoiy javobgarlikka tortildi va qamoqqa tashlandi.

Trampning oʻzi Kapitoliyga bostirib kirish va prezidentlik saylovlarini manipulyatsiya qilishga urinish uchun jinoiy ishda ayblanuvchiga aylandi.

2024-yil 6-fevralda AQSHning Kolumbiya okrugi sudi AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Kapitoliy binosiga bostirib kirganlik ishi boʻyicha qonuniy javobgarlikka tortilishdan immunitetga ega emasligi haqida qaror chiqardi. 29-fevral kuni esa AQSH Oliy sudi ishni koʻrib chiqishni boshladi. Bu ish boʻyicha yakuniy qaror aprel oyida qabul qilinishi kutilmoqda.

Oldinroq, Tramp Jo Baydenni Vladimir Putin va Si Szinpinning qoʻlidagi qoʻgʻirchoq, degandi.

U AQSHning amaldagi rahbarining goʻyo Rossiya va Xitoyga qarshi kurashayotgani haqidagi bayonotini rad etdi, aslida Trampning taʼkidlashicha, prezident Vladimir Putin va rais Si Szinpin Baydenni mohirona manipulyatsiya qilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер