Tramp mamlakatlarni "Twitter" va “Facebook”ni boykot qilishga chaqirdi

14:57 09 Iyun 2021 Dunyo
873 0

Foto: Reuters

AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp koʻproq mamlakatlarni soʻz erkinligini cheklagani uchun “Twitter” va “Facebook”ni boykot qilishga chaqirdi.

Oq uy sobiq rahbari 9-iyun kuni bayonot bilan chiqib, unda Nigeriyani “Twitter”ni cheklab qoʻygani uchun tabrikladi va koʻproq mamlakatlar shunday yoʻl tutish kerak degan fikrni bildirdi.

“Nima yaxshi va nima yomonligini aytib turadigan kim boʻlibdi, ular?”, deydi Tramp. 

U  prezidentlik davrida mazkur ijtimoiy tarmoqlarni baykot qilishni istagan, ammo Mark Sukerberg (“Facebook” rahbari)ning qayta-qayta murojaatlari tufayli bunday yoʻl tutmagan ekan.

Tramp oʻz bayonotida prezidentlikning ikkinchi muddatiga ham ishora qilgan. Ayshda davlatdagi prezidentlik saylovlari 2024-yilda boʻlib oʻtadi.

Joriy yilning 6-iyun kuni Tramp  Mark Sukerbergni soʻz erkinligi toʻgʻrisidagi qonunlarni buzganlikda aybladi va uning ijtimoiy tarmoqdagi akkauntining muzlatilishini tanqid qildi. Trampning “Facebook”dagi akkaunti uning tarafdorlarining Kapitoliyga uyushtirgan hujumidan keyin ikki yilga muzlatib qoʻyilgan edi. 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?