Tojikistonda Qirgʻizistonning xatti-harakatlari “tajovuzkorlik harakati” sifatida baholandi

04:07 04 May 2021 Dunyo
551 0

Qirgʻiziston harbiylarining xalqaro standartlarga nomuvofiq harakatlari “tajovuzkorlik harakati” hisoblanadi. Bu haqda Tojikiston Bosh prokuraturasida tomonidan maʼlum qilindi.

“Bir davlat tomonidan boshqa mamlakatning suvereniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi qurol ishlatilishi BMT Ustavi yoki boshqa xalqaro shartnomalarga zid boʻlgan «tajovuzkorlik harakati” sifatida qaraladi», deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, yana bir “tajovuzkorlik harakati” boshqa davlatga qarshi qurol ishlatish uchun qurollangan toʻda yoki guruhlarni joʻnatish boʻlgan.

Avvalroq Tojikiston Bosh prokuraturasi ikki mamlakat chegarasidagi mojaro munosabati bilan bir guruh qirgʻiz harbiy xizmatchilariga qarshi jinoiy ish qoʻzgʻatgan edi.

Eslatib oʻtamiz, 28-aprel kuni Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasida tojik tomoni oʻz hududi deb hisoblagan “Bosh” suv taqsimlash punkti hududida mahalliy aholi oʻrtasida mojaro yuzaga kelgan edi. Keyin u qurolli toʻqnashuvga aylanib ketdi va oqibatda 40 nafarga yaqin odam halok boʻldi, 200 dan ortiq odam jarohat oldi.

Oldinroq Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov ushbu mojaroga munosabat bildirib, Qirgʻizistonning hududiy yaxlitligiga tahdid haqida gapirib oʻtgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?