Tojikistonda afgʻonistonliklar uchun lager quriladi

13:11 21 Iyul 2021 Dunyo
759 0

Tojikiston Tolibonlarning tahdididan qochib oʻtayotgan afgʻonistonliklar uchun zarur yashash sharoitlariga ega lager quradi.

“Bu haqda Xatlon viloyati rahbari Qurbon Hakimzoda maʼlumot berdi”, deyiladi “Asia-Plus” xabarida.

Uning aytishicha, afgʻon fuqarolari joylashtiriluvchi vaqtinchalik baza mamlakat janubida, Tojikiston Ichki ishlar vazirligi va xalqaro tashkilotlar homiyligida quriladi.

“Bizdagi fuqarolar urushi davrida afgʻonlar fuqarolarimizni qabul qilgandi, biz insoniylik burchimizni unutmasligimiz lozim”, dedi Hakimzoda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?