Tojikiston Prezidenti Oʻzbekistonga keldi

08:04 15 Sentyabr 2022 Siyosat
699 0

Foto: president.uz

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon 15-sentyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etish uchun Samarqand shahriga keldi.

Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Soʻng Tojikiston rahbari Hazrati Xizr yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov qabriga gul qoʻydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?